Mirziyoyev Qirg‘izistondagi Putin kelishi kutilayotgan tadbirga bormaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ertaga, 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga amalga oshirishi kutilayotgan tashrifi bekor qilindi. Tashrif keyinroq bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldog‘oziyev ma’lum qilgan. 

Uning urg‘ulashicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlari sammitiga kelmaydi. 

Uning eslatishicha, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega va sammitda qatnashish uchun Bishkekka Bosh vazir Abdulla Aripov boradi.  

“O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifiga kelsak, u alohida bo‘lib o‘tadi”, deydi Aybek Moldog‘oziyev. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasiga 9 dekabr kuni jo‘nab ketishi xabar qilingan edi. 

9 dekabr kuni Prezident Sadir Japarov raisligida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing