Mirziyoyev Qatarga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-2 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “EKSPO Doxa-2023” – “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qatar shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing