Mirziyoyev qasamyod qabul qildi
Jamiyat
−
14 iyul 2023
11705Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida yangilangan Konstitutsiya asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga yetti yil muddatga saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishish tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, faollar ishtirok etmoqda.
Marosimda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxo‘jayev so‘z olib, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan avval saylovda ovoz bergan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganini e’lon qildi va unga guvohnomani topshirdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘laroq qasamyod qabul qildi.
LiveBarchasi