Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya yetakchisi Serjo Mattarellaga ushbu mamlakatning sobiq prezidenti, yirik davlat va jamoat arbobi, senator Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlat rahbari Italiya xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning 11-prezidenti Jorjo Napolitano shu yilning 22 sentyabr kuni Rimdagi Salvator Mundi klinikasida 98 yoshida vafot etdi. Uning vafoti yuzasidan mamlakatda milliy motam ham e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Napolitano 1925 yil 29 iyun kuni Neapolda tug‘ilgan. 2006 yildan 2015 yilgacha u Italiya Respublikasining 11-prezidenti bo‘lgan va dunyodagi eng keksa faol davlat rahbarlaridan edi. Jorjo Napolitano 2005 yildan 2006 yilgacha va 2015 yildan vafotigacha Italiya senatori bo‘lgan.

U 1996-1998 yillarda Italiya Ichki ishlar vaziri, 1992-1994 yillarda esa mamlakat deputatlar palatasi raisi lavozimida ishlagan. Napolitano davlat rahbari bo‘lgan birinchi sobiq kommunist edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Serjo Mattarella Jorjo Napolitano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing