Italiyada motam kuni e’lon qilindi 

Olam

image

Italiyaning 11-prezidenti Jorjio Napolitano 2023 yil 22 sentyabr kuni Rimdagi Salvator Mundi klinikasida 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda Italiya Deputatlar palatasining sobiq spikeri Per Ferdinand Kasini o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

E’tiborlisi, u davlat rahbari bo‘lgan birinchi sobiq kommunist edi. 

“Prezident sifatida u davlatga munosib xizmat qilgan va hayotining barcha bosqichlarida – birinchi respublikadan to hozirgi kungacha bo‘lgan buyuk italyan”, deb yozgan Per Ferdinand Kasini.

“Siyosiy doiralarda u o‘zining muhim ta’siri tufayli “qirol Jorjio” deb atalgan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Vazirlar kengashi kotibi Alfredo Mantovanoning aytishicha, Italiya hukumati respublikaning sobiq prezidenti Jorjio Napolitanoning dafn marosimini alohida tartibda o‘tkazishga qaror qildi. Hatto shu kuni milliy motam ham e’lon qilinadi.

Avvalroq, Respublika Senati prezidenti Ignazio La Russa Rimdagi milliy parlament yuqori palatasi binosida fuqarolarning dafn marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, Italiyada oxirgi marta davlat miqyosida dafn marosimi iyun oyida o‘tkazilgan, o‘shanda milliy hukumatni to‘rt marta boshqargan Silvio Berluskoni 87 yoshida vafot etgandi.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Italiya motam kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing