Mirziyoyev Italiyaga boradi
Jamiyat
−
07 iyun 2023
7506Joriy yilning 7-9 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev Prezident Serjo Mattarrella va Bosh vazir Jorjia Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. U bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi – O‘zbekiston Prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
LiveBarchasi