Mirziyoyev Italiya Prezidenti bilan nimalarni gaplashgani aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyun kuni Rim shahridagi Kvirinal saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqqan. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalar soni ikki barobar ko‘paygani, O‘zbekistonda Pietro Fiorentini, Terra-nova, Danieli, Imagro, Ansaldo, Saipem kabi yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani qayd etilgan.

Prezidentlar kuni kecha o‘tgan biznes-forum natijalariga ham e’tibor qaratgan. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolangan.

Shuningdek, yetakchilar gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. O‘zbekiston va Italiyaning madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etishga kelishib olingan.

Bundan tashqari, ta’lim, arxeologiya, ekologik xatarlarga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilingan.
Aytish joijki, Toshkentda Turin va Piza universitetlarining filiallari muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ketma-ket uch yil O‘zbekiston Venetsiyadagi Xalqaro biyennaleda ishtirok etib kelmoqda. Yil boshidan O‘zbekistonga kelayotgan italiyalik sayyohlar soni 5 karra ko‘paygan. Joriy yil aprel oyidan boshlab Toshkent va Milan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani turistlar oqimining oshishiga xizmat qilgan.

Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, eng avvalo, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashgan. Afg‘on xalqiga manzilli gumanitar yordamni davom ettirish hamda maxsus vakillarning maslahatlashuvlarini muntazam o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Serjo Mattarellani O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya Serjo Mattarella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing