Mirziyoyev iste’foga chiqqan Yaponiya imperatoriga maktub yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Akixitoga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya imperatori Akixito 30 yillik hukmronlikdan keyin taxtdan voz kechdi. Shu bilan “Xeysey” hukmronlik davri ham yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Akixito O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing