Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 mart kuni Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Ma’lumki, marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish o‘zbekistonliklarning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezident boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand Islom Karimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing