Mirziyoyev Indoneziya Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya rahbari Joko Vidodoga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Malang shahridagi “Kanjuraxan" futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga ta’ziya bildirdi.

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda futbol o‘yini ortidan yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘lgani, 180 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made