Mirziyoyev Imomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Shuningdek, suhbatda O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Imomali Rahmonning hissasi alohida qayd etilgan.

“Faol muloqot va almashinuvlar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda. Savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Bildirilishicha, yetakchilar mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashgan. Dushanbe shahrida 14-15 sentyabr kunlari o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yubiley sammitining samarali yakunlari yuksak baholangan.

Ma’lumot uchun, bugun, 5 oktyabr kuni Imomali Rahmon 71 yoshga to‘ldi. 1994 yildan buyon Tojikiston Prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan oxirgi saylovda Imomali Rahmon 90,92 foiz ovoz to‘plab, beshinchi bor prezidentlikka saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing