Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan. U yerda Qur’on tilovat etilib, duo o‘qilgan. 

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Bildirilishicha, tashrif chog‘ida Prezident UNWTO'ning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, tashkilot Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand UNWTO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing