Mirziyoyev Ilhom Mahkamovni oxirgi marotaba ogohlantirdi
Jamiyat
−
07 iyun 2022
25321O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Transport vaziri Ilhom Mahkamov faoliyatini tanqid qilib, uni oxirgi marta ogohlantirdi. Bu haqda xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu bois, Transport vaziri Ilhom Mahkamovga:
• aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;
• Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi tezyurar avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;
• hududlar o‘rtasida avia, temir yo‘l va avtotransport qatnovlarini ko‘paytirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi va oxirgi marta ogohlantirish berilgan.
Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:
• 1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash;
• 1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga ko‘paytirish topshirilgan.
Shuningdek, temir yo‘l tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etilgan.
Avtomobil yo‘llari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablag‘lar nazorati bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
LiveBarchasi