Mirziyoyev IIV, DXX, Milliy gvardiyaga energetikadagi o‘g‘riliklarni tekshirishni buyurdi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirishi kerak. Bu haqda ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi. 

Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda ushbu ob’ektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

“Umuman, energiya resurslari ta’minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim. Energiya ta’minoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, deydi davlat rahbari.

Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi. 

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

•    birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun’iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;

•    suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlangan. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing