Mirziyoyev Germaniya Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image
Magdeburgdagi fojia: gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum? north_east

Magdeburgdagi fojia: gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tilagan.

Ma’lumot uchun, kecha, 20 dekabr kuni Germaniyaning Saksoniya-Angalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida BMW katta tezlikda olomonni bosib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 60 dan ortiq odam jarohatlangan. Turli darajadagi jarohatlar olganlar soni 60 dan 80 kishigacha yetgan. “Volksstimme” esa 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, lekin bu ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmadi. Saksoniya-Angalt hukumati vakili “Tagesschau” bilan suhbatda ushbu voqeani terror hujumi deb atadi, ammo rasmiy bayonotlar hozircha berilmagan. Fojia joyiga federal yer bosh vaziri Rayner Xazeloff yetib borgan va ushbu voqeani “dahshatli hodisa” deb ta’riflagan. Hodisa yuz bergach, Rojdestvo yarmarkasi darhol yopilgan va shahar markazidagi tramvaylar harakati to‘xtatilgan. Magdeburg politsiyasi haydovchining yakka harakat qilganmi yoki yo‘qligi hali aniqlanmaganini ma’lum qilgan. Hodisa sabablari noma’lum bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing