Mirziyoyev geologiya sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023 5942 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va o‘zlashtirish rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, taqdimotda sohada qilingan ishlar, foydali qazilmalarni aniqlash va o‘zlashtirishga xorijiy hamkor va investorlarni jalb qilish rejalari ko‘rib chiqilgan.

Unda qayd etilishicha, keyingi yillarda geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobar oshgan. 3D seysmorazvedka, aerogeofizika, kosmogeologiya, raqamli geologiya kabi ilg‘or usullarni joriy etish boshlangan.

Xususan, Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, hozirgi kunda 1,5 ming nafar yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, geologiya ishlari sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qonunchilik bazasi takomillashtirildi va boshqa zarur sharoitlar yaratilgan.
Buning hisobiga konlarni izlash va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar soni 4 barobarga oshgan. Joriy yilning o‘zida geologiya ishlariga 180 million dollar xorijiy investitsiyalar kiritildi, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 2 milliard dollardan oshgan.
Davlat rahbari hisobotni tinglab, kelgusi yilda geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan edi.
Live
Barchasi