Mirziyoyev Fransiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston
−
11 Mart 2025 4531 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan bugun, 11 mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasidagi muzokaralar 2023 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr