Mirziyoyev Fransiya Milliy yig‘iniga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari bugun, 22 noyabr kuni Parijdagi Burbon saroyida Fransiya Milliy yig‘ini raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Parlamentlar o‘rtasidagi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotni yanada demokratlashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Fransiya Milliy yig‘ini rahbari O‘zbekistonda, shu jumladan parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish, gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik yangilanishlarning borishini yuksak baholadi.

Gender tenglikni ta’minlash jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishgani, unda xotin-qizlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat idoralarida, tadbirkorlik va ijtimoiy sohada munosib o‘rin egallayotgani qayd etilgan.

2022 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda ilk bor jahon parlamentlari yetakchi ayollarining 14-sammiti o‘tkazildi. Yetakchi ayollarning rolini oshirish to‘g‘risida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Uchrashuvda o‘lim jazosini bekor qilish, inson huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, ekologik muammolarni hal etish to‘g‘risidagi normalar va boshqa muhim qoidalarni mustahkamlab qo‘yish ko‘zda tutilgan konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirishga tayyorgarlik borasidagi asosiy yondashuvlar muhokama qilingan.

Parlamentlararo do‘stlik guruhining uchrashuvlarini o‘tkazish, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi, Yevropa Parlamenti, Parlamentlararo ittifoq, YeXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olingan.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Shuningdek, Fransiya Milliy yig‘ini raisini o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing