Mirziyoyev Farg‘onadagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga bordi va u yerda joylashgan to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezident Qo‘shtepa tumaniga borib, hududda joylashgan to‘qimachilik korxonasini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 132 million yevro evaziga katta fabrika tashkil etilgan. Korxona Shveysariya uskunalari bilan jihozlangan.

Qayd etilishicha, mazkur korxona yiliga 18 million metr aralash mato hamda 10 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yevropa davlatlari va Xitoyga 85 million yevrolik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun korxonada sifat laboratoriyasi tashkil etilgan.

Prezident tashrif chog‘ida tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

Hozirgi birinchi bosqichda fabrikada 1500 nafar kishi ishlamoqda. Joriy yil martda fabrikada to‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. Shuningdek, Uchko‘prik tumanida ip-kalava va mato tayyorlash hamda paxtani qayta ishlash korxonalari tashkil etilmoqda. Shunda klasterdagi jami ish o‘rni qariyb 5 mingtaga yetadi.

Bu yerda o‘quv va kasanachilik markazi ham ochilgan. Unda korxona uchun zarur 4 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Ushbu klaster majmuasida vodiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda paxta hosildorligini oshirish, ip-kalavani chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Vodiy viloyatlarida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini joriy yilda 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Mirziyoev to'qimachilik korxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing