Mirziyoyev FAO rahbariga saylovda muvaffaqiyat tiladi

Jamiyat

image

Kecha, 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga bordi va uning Bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va FAO orasida keyingi yillardagi samarali hamkorlik natijalarini alohida qayd etgan.

Aytilishicha, O‘zbekistonda FAO ofisi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Oxirgi bir necha yilda hamkorlik portfeli uch barobar kengaygan hamda bugungi kunda yer va suvdan foydalanish, agrosanoat majmui, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, chorvachilik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligiga xatarlar kuchayib borayotgan sharoitda sheriklikni yanada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani bildirilgan.

Oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 2030 yilga qadar hamkorlik bo‘yicha yangi keng ko‘lamli dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.

Shuningdek, FAO shafeligida Samarqandda o‘tkaziladigan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, 2030 yilga qadar hamkorlik bo‘yicha yangi keng ko‘lamli dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Dasturda oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

O‘z o‘rnida, Bosh direktor Syuy Dun’yuy O‘zbekistonda agrar sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston yetakchisi Bosh direktorga shu yil iyul oyida bo‘lajak FAO rahbari saylovida muvaffaqiyatlar tilagan.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milanga yo‘l olgan. “Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib olgan.

O‘zbekiston rahbari endilikda ushbu hudud gubernatori bilan uchrashishi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Prezident Mirziyoyevning “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya FAO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing