Mirziyoyev ertaga Pokistonga safar qiladi
Jamiyat
−
02 mart 2022
6468O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Pokiston Prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilmoqda.
LiveBarchasi