Mirziyoyev Eron va Ukraina Prezidentlariga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik maktublari yo‘lladi. 

Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.

Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi.
 
Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda halokatga uchragan samolyotda:

-    Eron fuqarolari - 71 nafar
-    Kanada fuqarolari -73
-    Germaniya fuqarolari – 4
-    Buyuk Britaniya fuqarolari – 3
-    Shvetsiya fuqarolari – 8
-    Afg‘oniston fuqarolari - 6

-    2 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Hasan Ruhoniy Vladimir Zelenskiy Eron-AQSh

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing