Mirziyoyev Erdo‘g‘anning odamini qabul qildi 

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilo‘g‘li ham ishtirok etgan. 

“Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda. 

Turkiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilo‘g‘li qatnashgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida vazir Mavlud Chavusho‘g‘li davlat rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Turkiya tomoni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va siyosiy yangilanishlar dasturini, shuningdek mamlakatning, eng avvalo, mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani alohida ta’kidlangan.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, amaliy hamkorlik mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari jadal sur’at bilan o‘sib bormoqda, faol gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

Ulkan hamkorlik salohiyatidan, shu jumladan hududlararo aloqalarni faollashtirish orqali samarali foydalanishga qaratilgan O‘zbekiston va Turkiya yetakchilarining kelishuv va qarorlarini amalga oshirishga alohida e’tibor berilgan.

Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari va dasturlarini tezlashtirish muhimligi qayd etilgan.

Davlat rahbari yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining birinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.

Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik ta’minlanishiga ko‘maklashish hamda joriy yilning kuzida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 avgust kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Toshkentga keldi. U “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing