Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto)
Jamiyat
−
21 avgust 2023
8186Kecha, 20 avgust kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar bir-biri bilan odatdagidek samimiy quchoqlashib ko‘rishgan.
Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani qayd etilgan.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalarini olqishlagan.
Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qo‘shma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an ham Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan kecha, 20 avgust kuni Budapeshtga bir kunlik tashrif bilan bordi.
LiveBarchasi