Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan gaplashib, mintaqaviy masalalarni muhokama qildi
Jamiyat
−
31 iyul 2023 4172 1 daqiqa
Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turkiyalik mavqedoshi Rajap Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali aloqalar izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, shu jumladan energetika, tog‘-kon, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi, xususan, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan. Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Live
Barchasi