Mirziyoyev dunyodagi tahlikali vaziyat va uning O‘zbekistonga ta’siri haqida gapirdi

Jamiyat

image

Yer yuzining turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli mojarolar global tinchlik va osoyishtalikka jiddiy putur yetkazmoqda. Bunday nizo va to‘qnashuvlar, shafqatsiz raqobat savdo va investitsiya oqimlarini, tovar va xizmatlar aylanishini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bo‘yicha yangi muammolar keltirib chiqarmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis va Senat palatalarining qo‘shma majlisida so‘z ochdi. 

“Oldimizda turgan davr O‘zbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davri bo‘ladi”, deydi Prezidennt. 

Uning urg‘ulashicha, kechagi natija, kechagi qarash va mezonlar endi tarix. 

“Ular endi bizni qoniqtirmaydi. Yangi davr uchun yangi g‘oya va tashabbuslar kerak, yangi natijalar kerak. Shundagina u tom ma’noda yangi davr bo‘ladi”, deydi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, jahon miqyosida bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda. Ayni vaqtda oldindan tahlil qilib bo‘lmaydigan jarayonlardan iborat o‘ta murakkab yangi bir davr boshlanmoqda.

“Yer yuzining turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli mojarolar global tinchlik va osoyishtalikka jiddiy putur yetkazmoqda. Bunday nizo va to‘qnashuvlar, shafqatsiz raqobat savdo va investitsiya oqimlarini, tovar va xizmatlar aylanishini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bo‘yicha yangi muammolar keltirib chiqarmoqda.

Dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani ham barqaror rivojlanishga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Biz mana shunday og‘ir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni – samarali ichki va tashqi siyosat yo‘lini aniq belgilab olishimiz va uni qat’iy amalga oshirishimiz lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Uning qayd etishicha, islohotlarning ta’sirchanligi va bardavomligini ta’minlash uchun yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatar, to‘siq va g‘ovlarni hisobga olish va ulardan talafotsiz o‘tish choralarini ko‘rish zarur. 

Shuningdek, u, o‘tmishdan, kechagi tarixdan, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan zarur xulosalar chiqarib, O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, Vatan shuhrati va shon-sharafini hamma jabhalarda munosib va mardona himoya qilish kerakligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qasamyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing