Mirziyoyev Bolgariya Prezidenti bilan daraxt ekdi
Jamiyat
−
10 iyun 3853 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni Toshkent shahridagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Rumen Radev ikki xalqning do‘stligi va hamkorligi, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilishning ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekkan.


Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgandi. Shundan so‘ng qarorgohda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Rumen Radev Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Bolgariyaga borishga taklif etdi. Bolgariya yetakchisi Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr