Mirziyoyev Bishkekda bo‘g‘irsoq bilan kutib olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. Shuningdek, Oqilbek Japarov boshqa mehmon rahbarlar kabi Shavkat Mirziyoyevga ham qirg‘iz bo‘g‘irsog‘ini tatib ko‘rishni taklif qildi.

“Bugun, 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga kelgandi. U bugun bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etib, u yerda mavqedoshlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Bishkek\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing