Mirziyoyev Birinchi Prezident qabrini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga borib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda Islom Karimovning qabri poyiga gul qo‘yilib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirilgan. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qilgan. Tadbirda parlament va hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etgan.

Tadbir yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga qaytib kelgan. 

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishlar qilingan. Mamlakatdagi yirik majmualar, shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilgan. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilinib, Samarqandda maqbara barpo etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand Islom Karimov Birinchi Prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing