Mirziyoyev Birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Jamiyat
−
30 yanvar
14024Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
"Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentning O‘zbekiston manfaati yo‘lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi", deyiladi xabarda.
Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan rasmlardan ko‘rinadiki, marosimda Birinchi prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova Akbarovna ham qatnashgan.
Qayd etilishicha, Birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. U 1991 yildan 2016 yilgacha davlat rahbari bo‘lgan.
LiveBarchasi