Mirziyoyev bir guruh shifokorlarni mukofotladi
Jamiyat
−
17 Oktabr
7244Bugun, 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida" farmoni imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmon bilan quyidagilar mukofotlandi:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan
Natalya Suratovna Nodirxonova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
I darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
Adelina Semyonovna Lyubchich – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining faxriy shifokori
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
Zulfiya Sobirovna Boltaboyeva - Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Yen-Din Kim – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan
Uzganbay Mansurovich Rahmonov – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya qabuli bo‘limi akusher-ginekologi
Rimma Arkadevna Frenkel – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining homiladorlar patologiyasi bo‘limi akusher-ginekologi
Natalya Ivanovna Chernova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi hamshirasi
"Sog‘lom turmush" medali bilan
Gulnora Mirzayevna Adilova – Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati
Natalya Sergeyevna Neulibina – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining "Oila va nikoh" maslahatxonasi pediatri
Gulnora Romanovna Solixo‘jayeva – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patologoanatomiya bo‘limi mudiri
Larisa Dmitriyevna Sidikova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endovizual laparoskopik ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi
Oysultan Jumaniyozovna Chalova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi katta doyasi
Abduhamid Qo‘chqorovich Shomirov – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi
"Shuhrat" medali bilan
Baxtiyor Karimberdiyevich Isamuxamedov – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining "Oila va nikoh" maslahatxonasi terapevti
Gulnora Arshadovna Nafikova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi doyasi
Muxabbat Ilyasovna Nurmatova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusherlik qabuli bo‘limi akusher-ginekologi
Rustam Bozorboyevich Yusupboyev – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining fetal tibbiyot bo‘limi mudiri
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Mirziyoyev akademik Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotlagandi.
LiveBarchasi