Mirziyoyev Berdimuhamedovga o‘z kitobini sovg‘a qildi
Jamiyat
−
28 noyabr 2019 6146 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov muzokara o‘tkazgani haqida xabr bergan edik.
Muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari - ilmiy asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ushbu kitoblar O‘zbekiston ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlash lozim. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari - “Baxtli hayot sog‘liqdan boshlanar”, “Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi”, “Barhayot afsona”, “Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai” nomli asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekistonda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovg‘a qildi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust