Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
2773Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Turkmaniston rahbarining O‘zbekistonda amaliy tashrifi kecha, 28 noyabr kuni boshlangan edi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, kecha Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Faxriy akademigi unvonini taqdim etilgan edi.