Mirziyoyev BAA rahbariyatiga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
5504O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum hamda Abu-Dabi amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni milliy bayram – BAA tashkil topgan kun munosabati bilan tabriklagan.
Ma’lumot o‘rnida, BAA 1971 yil 2 dekabr kuni amirliklarning har biri ittifoq shartnomasini imzolaydilar. Shu kundan boshlab yetti amirlik – Abu-Dabi, Dubay, Ajman, Ras Al-Xayma, Umm Al-Kayvayn, Fujayra va Sharcha BAA davlati sifatida birlashgan. Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon BAA asoschisi, millatni birlashtirgan va mamlakat poydevorini qo‘ygan rahbar sifatida ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24-28 mart kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘lgan edi.