Mirziyoyev “Arqadag‘”ning vakili bilan mintaqa rahbarlarining bo‘lg‘usi uchrashuvini muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli ko‘p qirrali O‘zbekiston–Turkmaniston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Rashid Meredov davlat rahbariga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston yetakchisining Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari yuksak baholandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Joriy yilning 6 avgust kuni “Avaza” milliy turizm zonasida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Afg‘onistonda qaror topayotgan murakkab vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar hamda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bo‘lgan edi. Qabul marosimi davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing