Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Jamiyat
−
16 may 2022
6047Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sermahsul parlamentlararo muloqot, shu jumladan mintaqaviy formatda ham rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari Turkmaniston tomonini joriy yil 12-13 may kunlari Ashxobod shahrida xalqaro tadbirlar – Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi Parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlagan.
Forum ishini muntazam yo‘lga qo‘yish, uning doimiy faoliyat yuritadigan kotibiyatini tuzish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.
Xalqaro kun tartibi yuzasidan, mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
LiveBarchasi