Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan bo‘lajak MDH sammitini muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisi va qardosh turkman xalqini ushbu mamlakat Betarafligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik, farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tilagan.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan.

Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani va bugun ular jadal sur’atda rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va tranzit, hududlararo rishtalar va gumanitar dasturlar kabi muhim sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olingan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz ro‘yobga chiqarishda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning samarali ishi va faol idoralararo muloqot muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlangan.

Davlat rahbarlari jahondagi vaziyat yuzasidan fikr almashganlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi an’anaviy yaqin muloqotlarni va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olganlar.

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalib, bo‘lajak MDH sammitiga tayyorgarlikni ham muhokama qilganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing