Mirziyoyev Aliyevning ota-onasi qabrini ziyorat qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 mart kuni Baku shahridagi Faxriylar xiyoboniga tashrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Haydar Aliyev atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi bo‘lgan. Uning qat’iyati, kuchli siyosiy irodasi va beqiyos yetakchilik qobiliyati tufayli qardosh davlat murakkab sinovlarni munosib yengib o‘tgan.

Haydar Aliyev o‘zbek xalqining yaqin do‘sti bo‘lgan. O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan. Qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy rishtalar va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan”, deb yozgan Prezident Matbuot xizmati.

Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida poytaxtda Haydar Aliyev nomidagi ko‘cha va xiyobon ochilgan edi.

O‘zbekiston rahbari Haydar Aliyev va uning rafiqasi Zarifa Aliyeva qabriga gul qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Haydar Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing