Mirziyoyev Aliyevni O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Baku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida Ilhom Aliyev O‘zbekiston rahbariga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘z navbatida Mirziyoyev ham Ozarbayjon Prezidentini SPEKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabriklagan. 

Muzokara davomida O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizim va samarali muloqotlar tufayli ikki davlat munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani qayd etilgan.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashgan. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilingan. Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunida Mirziyoyev ozarbayjonlik mavqedoshini o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev SPEKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing