Mirziyoyev Aliyevga telefonda hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
26 dekabr
1370Bugun, 26 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga telefon qilib, unga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ilhom Aliyevga Aqtau shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.
“Mirziyoyev Ozarbayjon yetakchisi orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi, jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda.
Prezident Ilhom Aliyev ko‘rsatilgan e’tibor va hamdardlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagandi.
LiveBarchasi