Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
10 noyabr 2022
3324O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining tadbirlarga boy dasturi doirasidagi ikkinchi uchrashuvini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan o‘tkazdi.
Ikki mamlakat yetakchilari avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va neft-kimyo tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikning aniq loyihalarini tezlashtirishga intiladilar.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Samarqandga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yetib keldi. Ertaga, 11 noyabr kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kelishi kutilmoqda.
Prezidentlar Ilhom Aliyev, Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Bosh vazir Viktor Orban rafiqalari Mehribon Aliyeva, Emina Erdo‘g‘an va Aniko Levai bilan kelgan.
LiveBarchasi