Mirziyoyev Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatida, energetika tarmog‘ida, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev IHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing