Mirziyoyev AQSH Savdo vakilini qabul qildi
Jamiyat
−
11 iyun
3408O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSH Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, "C5+1" formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.
Ketrin Tay Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashdi.
"Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori ko‘rsatkichlar uchun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga ko‘targan holda amalga oshirayotgani ta’kidlandi. Biz xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishda AQSH ko‘magiga tayanamiz", deb yozdi Mirziyoyev.
LiveBarchasi