Kurs UZS

USD

12 935.68

-7.71

EUR

14 164.57

56.27

RUB

158.80

5.1

AQSH vakili Mirziyoyevga Trampning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuv avvalida parlament a’zosi O‘zbekiston rahbariga AQSH Prezidenti, Kongress rahbariyati va O‘zbekiston bo‘yicha kokus a’zolarining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Bildirilishicha, faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ortdi, biznes kooperatsiyasi kuchaymoqda.

AQSH Kongressi a’zosi Toshkentga keldi north_east

AQSH Kongressi a’zosi Toshkentga keldi

Bundan tashqari, transport, bojxona, migratsiya, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilmoqda.

“Kerol Miller Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, demokratik institutlarni, eng avvalo, parlamentni mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash borasidagi ishlar natijalarini yuksak baholadi”, deyiladi xabarda.

Iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan tog‘-kon, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston hududlarining Amerika shtatlari bilan sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etilgan. Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar va Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz,  14 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Kerol Miller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing