Kurs UZS

USD

12 935.68

-7.71

EUR

14 164.57

56.27

RUB

158.80

5.1

AQSH Kongressi a’zosi Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Kongressining respublikachi a’zosi Kerol Millerni qabul qildi. Bu haqda vazirning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun Tashqi ishlar vazirligida AQSH Kongressi a’zosi Kerol Miller xonimni qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va AQSH ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildik”, deb yozdi Saidov.

Bildirilishicha, ikki davlatning strategik sherikligi kelajakdagi hamkorlik uchun yanada katta salohiyatga ega bo‘lgan barcha sohalarda izchil kengayishda davom etmoqda. Faol parlamentlararo aloqalar asosiy ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lib qolmoqda. 

“Biz Kongressdagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”i (do‘stlar guruhi) mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini bajarayotganini yuksak qadrlaymiz”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashgandi. Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama mavzular muhokama qilingan va davlatlar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Baxtiyor Saidov Kerol Miller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing