Mirziyoyev agrotexnika sanoatini tanqid qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining sifati va narxi talabga javob bermaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Bugungi yig‘ilishda texnikalarni o‘z vaqtida sotish uchun xaridor bilan ishlash tizimini rivojlantirish, fermer va dehqonlarga bu borada kredit imtiyozlari berish zarurligi qayd etildi. “Agrotexsanoatxolding” kompaniyasiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini elektron buyurtma asosida sotish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mashinalari sifati va narxi tanqid qilindi, bu jihatda ular xorijniki bilan raqobatdosh emas. Texnika qimmat bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxiga ham ta’sir qiladi.

Shu munosabat bilan hamma texnika narx-navosini tahlil qilish asosida ishlab chiqarishni optimallashtirish, metall quyish quvvatlarini tezroq ishga tushirib, lokalizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Mahalliylashtirishdan maqsad – o‘zimizning qishloqlarga mos, dehqonlarga to‘g‘ri keladigan hamyonbop milliy traktorlar ishlab chiqarish”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Paxta terimini mexanizatsiyalashni jadallashtirish, joriy yil sentyabrgacha joylarga kamida 1 000 ta paxta terish mashinasi yetkazib berish, barcha hududlarda servis markazlari tashkil etish vazifasi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev agrotexnika

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing