Mirziyoyev: “5 yil davomidagi harakatlarimiz ijobiy natijalarini bermoqda”

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishida ijobiy dinamika saqlab qolingani islohotlar yo‘li to‘g‘ri tanlanganidan dalolatdir. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida aytib o‘tdi.

Prezident nutqi davomida mamlakatda islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqat ekanini alohida urg‘uladi.

“Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi”, deydi Prezident Mirziyoyev.

U so‘zi davomida hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021 yilda esa uning o‘sish sur’ati 7 foizdan oshgani – islohotlar yo‘lining to‘g‘ri tanlanganidan dalolat ekanini qayd etdi.

“Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etish”, deydi O‘zbekiston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing