Mirziyoyev hokimlarga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi

Jamiyat

image

Bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi Toshkent shahrida 448 so‘m bo‘lgani holda Namanganda qariyb 3 ming so‘mni, Samarqand va Navoiyda 2 ming 600 so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda 23 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tildi.

“Suv ishlab chiqarish tannarxida elektr energiyasi ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 27 foiz. Lekin Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich yuqori”, degan u yig‘ilishda.

Davlat rahbari viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi. Bunga suv korxonalari ishlatadigan elektrning bir qismini “yashil energiya”ga o‘tkazish orqali erishish mumkinligini aytib o‘tdi.

“Hozirda suv korxonalari 1 kilovatt-soat elektrni 900 so‘mdan sotib olmoqda. Quyosh stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr narxi esa o‘rtacha 350-400 so‘m, ya’ni 2 barobardan ziyod arzon. Investorlarni jalb qilib, suv inshootlari atrofidagi bo‘sh maydonlarda quyosh panellari o‘rnatish mumkin”, deya taklif kiritgan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

videoselektor Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing