Mirziyoyev Hindiston xalqiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 aprel kuni Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati  oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Ta’ziyada davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 aprel kuni Hindiston shimolidagi Kashmir mintaqasida yuz bergan otishma oqibatida kamida 25 nafar sayyoh halok bo‘ldi. Yana 20 dan ortiq kishi yaralangan. Rasmiylar hozircha halok bo‘lganlarning sonini rasman tasdiqlamadi. Otishma Paxalgam shahrida yuz bergan. Noma’lum shaxslar Baysaran vodiysidagi so‘qmoq bo‘ylab yurgan sayyohlarga qarata o‘q uzgan. Mahalliy hokimiyat vakillari bu hodisani terrorchilik hujumi deb atamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing