Mirzahalilov yana “hakamlar qurboni” bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari start oldi.

Dunyo birinchiligida 57 kg vazn toifasida Jahon chempioni (2019) Mirazizbek Mirzahalilov AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tarilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Biroq Mirzahalilov jang davomida ustunlikka erishgan edi. Keyingi bosqichda Xerliga Braziliya vakili Luis Do Nasimento raqiblik qiladi.

Farg‘onalik 26 yoshli bokschi Tokio Olimpiadasida ham hakamlarning bahsli qaroriga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 86 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shohjahon Abdullayev kecha, 27 oktyabr kuni belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tarilib nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Mirazizbek Mirzahalilov

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing